• Ko‘p bo‘limli – kitoblar, daftarlar, penal, tushlik qutisi va boshqa buyumlar uchun alohida joylar mavjud
• Nafas oluvchi yelkama ilgaklar (lyamkalar) – uzoq yurganda ham yelkalarni charchatmaydi
• Suvni qaytaruvchi material – yomg‘irda ham ichidagi narsalarni ho‘l bo‘lishdan himoya qiladi
• Quyoncha dizayni va quloqli dekor – qiz bolalar uchun juda yoqimli ko‘rinadi
• Yengil va tozalash oson – ryukzakning og‘irligi bor-yo‘g‘i 490 gramm, dog‘ tushganda esa nam sochiq bilan artish kifoya
• 15 dyuymli noutbuk sig‘adi – ichki qismi keng va format A4 daftarlari uchun mos
Bu zamonaviy va funksional ryukzak aynan boshlang‘ich va o‘rta sinfda o‘qiydigan qizlar uchun ishlab chiqilgan. Uning eng katta afzalligi – yengilligi, qulayligi va chiroyli dizayni. Quyoncha printi va quloqli bezaklari kichik moda ixlosmandalariga manzur bo‘ladi. Ryukzak nafaqat maktab uchun, balki sayrlar, to‘garaklar yoki sayohatlar uchun ham juda mos keladi.
U kuchli, bardoshli va suvni qaytaruvchi Oxford matosidan tikilgan bo‘lib, yomg‘ir yoki ho‘l ob-havoda ham ichidagi buyumlarni himoya qiladi. Ichki qoplamasi zich poliesterdan tayyorlangan, u dog‘ tushishiga chidamli va uzoq xizmat qiladi.
Orqa qismi va yelkama ilgaklari (lyamkalari) yumshoq, havo o‘tkazadigan qavat bilan qoplangan bo‘lib, bu og‘irlikni orqaga tushirmaydi va uzoq vaqt davomida qulaylikni ta’minlaydi. Ergonomik shakli tufayli og‘irlik yelkaga teng taqsimlanadi.
Ichida katta asosiy bo‘lim mavjud bo‘lib, A4 formatidagi daftar va darsliklar, hamda 15 dyuymli noutbuk yoki planshet sig‘adi. Qolaversa, suv idishi, penal, tushlik qutisi va boshqa mayda narsalar uchun alohida bo‘limlar mavjud. Tashqi qismidagi fermuarlı cho‘ntak tez-tez ishlatiladigan kalit yoki telefon uchun juda qulay.
Zamok va qismlar mustahkam plastikdan yasalgan, fermuarlar oson ochilib-yopiladi. Dekorativ quloqchalar va printlar sifatli tikilgan – uzoq foydalanishda ham yirtilmaydi yoki tushib qolmaydi. Ryukzakning o‘zi bor-yo‘g‘i 490 gramm atrofida, bu esa bolani og‘ir yukdan asraydi.













