Magnitli devor ushlagichi masofadan boshqarish pultlarini qulay va tartibli saqlash uchun mo‘ljallangan. Kuchli magnit pultni ishonchli ushlab turadi va uni bir qo‘l bilan osongina olish imkonini beradi.
Ushlagichni ikki xil usulda o‘rnatish mumkin:
- mustahkam ikki tomonlama yopishtiruvchi lenta yordamida;
- yoki korpusdagi maxsus teshiklar orqali samorezlar bilan mahkamlash.
Shu sababli ushlagichni devor, mebel yoki boshqa tekis yuzalarga qulay tarzda o‘rnatish mumkin.
Afzalliklari:
- Kuchli magnitli mahkamlash
- Ikki xil o‘rnatish usuli: skotch yoki samorez
- Oson va tez o‘rnatiladi
- Ixcham va zamonaviy dizayn
- Pultlarni tartibli saqlashga yordam beradi
Mos keladi:
- Konditsioner pultlari
- Televizor pultlari
- Smart TV pultlari
- LED yoritgich pultlari
- Boshqa masofadan boshqarish pultlari