KOMU universal tumbasi — uyingiz uchun ixchamlik va tartib timsoli!
Siz mebel yigʻish uchun vaqt va asab sarflashdan charchadingizmi? Biz buni oʻylab qoʻydik! KOMU tumbasi uyingizga toʻliq yigʻilgan (tayyor) holatda yetib boradi — qutidan ochasiz va darhol foydalanasiz.
Nega aynan KOMU tumbasini tanlashadi?
- Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan: Hech qanday vositachilarsiz, eng maqbul narx va yuqori sifat kafolati.
- Premium material: Rossiyaning yuqori sifatli va bardoshli LDSP (Laminatsiyalangan DSP) materialidan ishlab chiqarilgan. hidsiz va ekologik toza.
- Optimal sigʻim: Yuqori qismida silliq ochiluvchi keng tortma (vijdvijnoy yashik) va pastki qismida eshikli keng javonlar mavjud. Kitoblar, hujjatlar, poyabzallar yoki kundalik buyumlar uchun ideal.
- Skandinavcha minimalizm: Tutqichlarsiz zamonaviy dizayn va estetik ranglar gammasi (Oq, Dub Votan, Kashemir, Kulrang, Bazalt) har qanday interyerga mos tushadi.
Oʻlchamlari: Eni — 60 sm, Chuqurligi — 30 sm, Boʻyi — 80 sm. Pishiq va ixcham tuzilishi tufayli dahliz (prixojaya), mehmonxona, yotoqxona yoki bolalar xonasi uchun juda qulay.
Uyingizda shinamlik yaratishga hoziroq buyurtma bering va ortiqcha tashvishlardan xalos boʻling!
