Erkaklar uchun hamilyon (fotoxrom) va kompyuter himoya ko‘zoynagi ko‘zlarni quyosh nuri hamda elektron qurilmalar ekranidan chiqaan ko‘k nurlardan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Fotoxrom linzalari yorug‘lik darajasiga qarab avtomatik ravishda tusini o‘zgartiradi: yopiq joyda shaffof holatda bo‘ladi, quyosh nuri ta'sirida esa qorayadi.
Ko‘zoynak kompyuter, noutbuk, planshet va telefon ekranidan foydalanishda ko‘z charchashini kamaytirishga yordam beradi. UV400 himoyasi zararli ultrabinafsha nurlarni to‘sib, ko‘zlar uchun qo‘shimcha himoya yaratadi.
Yengil va mustahkam ramkasi uzoq vaqt davomida qulay taqishni ta’minlaydi. Zamonaviy dizayni ish, o‘qish, avtomobil haydash, sayohat va kundalik foydalanish uchun mos keladi.

