Lexar NQ100 va NS100 an’anaviy HDD o‘rniga o‘rnatilib, operatsion tizimning tezroq yuklanishi, dasturlarning tezroq ochilishi va ma’lumotlarni tezroq uzatishga yordam beradi. SSD'larda mexanik harakatlanuvchi qismlar mavjud emas, shu sabab ular HDD'ga qaraganda jimroq ishlaydi, kamroq energiya sarflaydi va zarbalarga chidamliroq.
Ikkala seriya ham standart 2.5" SATA III (6 Gb/s) formatidan foydalanadi. Lexar NQ100 uchun maksimal ketma-ket o‘qish tezligini 550 MB/s gacha deb ko‘rsatadi. NS100’da esa tezlik sig‘imga bog‘liq: 256GB — 520 MB/s gacha, 512GB, 1TB va 2TB — 550 MB/s gacha.

