Kompyuter kreslosi uzoq vaqt ishlash yoki o‘yin o‘ynash jarayonida maksimal qulaylik va to‘g‘ri tayanchni ta’minlash uchun ishlab chiqilgan. Uning ergonomik tuzilishi tana shakliga mos kelib, bel va bo‘yindagi zo‘riqishni kamaytiradi. Qalin to‘ldirgichga ega yumshoq o‘rindiq yukni teng taqsimlaydi, baland orqa suyanchiq esa umurtqa pog‘onasiga mustahkam tayanch beradi.
Kreslo balandlikni sozlash, qo‘ltiq tayanchlari va og‘ish mexanizmi bilan jihozlangan bo‘lib, foydalanuvchining qomatiga va shaxsiy xohishlariga mos ravishda sozlanadi. Mustahkam metall karkas va barqaror asos uning uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlaydi. Sifatli mato yoki ekoteri bilan qoplangan obivka chidamli va parvarish qilishda qulay.
Yumshoq va shovqinsiz g‘ildiraklar pol qoplampasiga zarar yetkazmasdan erkin harakatlanishni ta’minlaydi. Ushbu kreslo uy, ofis yoki o‘quv xonasi uchun juda mos bo‘lib, kun bo‘yi samarali va qulay ish sharoitini yaratadi.

