Ushbu vosita qishloq xo'jaligi ekinlarini turli xil zararkunandalardan himoya qilish uchun mo'ljallangan keng qamrovli ta'sirga ega insektitsid hisoblanadi. U oqqanot, ko'sak qurti, o'rgimchakkana va shira kabi bir qator hasharotlarga qarshi kurashishda samarali. Germaniya texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan. Qo'llash tartibi va me'yorlari: Preparatni qullash bo'yicha umumiy tavsiya: 10 litr suvga 20-25 ml preparat qo'shiladi. O'simliklarning vegetatsiya (o'suv) davrida purkaladi. G'o'za: Oqqanot, g'o'za tunlami (ko'sak qurti), o'rgimchakkana, qandala va karadrinaga qarshi. Sarf me'yori: 1 l/ga. Poliz ekinlari: O'rgimchakkana, kemiruvchi tunlamlar va shiraga qarshi. Sarf me'yori: 1 l/ga. Piyoz: Piyoz parvonasi va shiraga qarshi. Sarf me'yori: 1-1.5 l/ga. Olma va nok: O'rgimchakkanaga qarshi. Sarf me'yori: 1 l/ga.

