Ikki stolga ega bo‘lgan komod — bu ko‘p funksiyali kompozitsiya bo‘lib, u sizga joy tejash, televizor zonasi, ish joyini tashkil etish yoki dekor buyumlarini estetik tarzda joylashtirish imkonini beradi. Ikki stolga ega bo‘lgan komod kolleksiyaning boshqa mahsulotlari bilan uyg‘un tarzda moslashadi, yagona uslubiy kompozitsiyani hosil qiladi yoki mustaqil interyer elementi sifatida ham ishlatilishi mumkin. Komodda uchta tortma mavjud: yuqoridagi kichik tortma aksessuarlar va mayda buyumlarni saqlash uchun qulay, pastdagi ikkita keng tortmada esa kiyim-kechak va ichki kiyim tartibli holda saqlanadi va har doim qo‘l ostida bo‘ladi. Tortmalarni tongda ochganingizda, yaqinlaringizning uyqusini buzmaysiz, chunki ular sekin va jim ochilib-yopiladigan yo‘naltiruvchi mexanizmlar (dovodchiklar) bilan jihozlangan. Ramkali fasadlar MDF dan yasalgan dekorativ profil bilan bezatilgan. Har bir stol ustini uzunlik bo‘yicha ikki xil holatda o‘rnatish mumkin. Metall oyoqlar tufayli stol hajman kattalik qilmaydi. Stol oyoqlari va komod tutqichlari qora, mat sirtli bo‘lib, barmoq izi qoldirmaydi va uzoq vaqt chiroyli ko‘rinishini saqlab qoladi.
Materiallar va texnik xususiyatlar:
Maksimal yuklama:
O‘lchamlar:

