Hayotning ilk kunlaridanoq mehr va g‘amxo‘rlik
Ushbu kombinezonni (slip) yaratishda biz jajji malikangiz o‘zini imkon qadar qulay his qilishini inobatga oldik. Yumshoq trikotaj mato terining "nafas olishiga" imkon beradi va chaqaloq tanasining mo'tadil haroratini saqlaydi.
Nima uchun onalar bizning kombinezonni tanlashadi?
- Yuqori sifat: Mato ko‘p marta yuvilganda ham o‘z shaklini yo‘qotmaydi va tivillab (katishka) ketmaydi. Faqat xavfsiz va bardoshli bo‘yoqlardan foydalanilgan.
- Kiyintirishga oson: Tugmachalar butun uzunlik bo‘ylab — bo‘yindan to oyoq uchigacha joylashgan.
- Har bir detal xavfsiz: Barcha choklar ehtiyotkorlik bilan ishlov berilgan, bu esa nozik terining qizarib ketishidan himoya qiladi. Kichik o‘lchamlarda bolakay o‘zini tirnab olmasligi uchun yopiq qo‘lchalar nazarda tutilgan.
- Qulay bichim: Maxsus bichimi taglik bilan ham bolaning erkin harakatlanishini ta’minlaydi.