BARMEN TO‘PLAMI — 23 TA BUYUM, TAYYORLASHDAN TORTIB BEZATISHGACHA
Uyda kokteyl tayyorlash, yangi retseptlarni sinab ko‘rish va mehmonlarga ichimliklarni chiroyli tortish uchun to‘plam. Tarkibida 22 ta aksessuar va ularni tartibli joylashtirish uchun 1 ta ikki qavatli taglik bor.
To‘plam yordamida ingredientlarni o‘lchash, aralashtirish, muz bilan chayqatish, suzish va tayyor ichimlikni bezatish mumkin. Alkogolsiz kokteyllar, mevali aralashmalar, limonad va moxito tayyorlash jarayonida ham qo‘l keladi.
HAR BIR ANJOMNING O‘Z VAZIFASI BOR
Sheyker ichimlik tarkibini muz bilan aralashtirish va sovitish uchun xizmat qiladi. Ikki tomonlama jiggerlar suyuq ingredientlarni porsiyalab o‘lchashga yordam beradi. Uzun bar qoshig‘i baland idishda aralashtirishga qulay, ezgich esa yalpiz va yumshoq mevalarning ta’mi hamda hidini chiqarish uchun ishlatiladi.
Prujinali suzgich quyish vaqtida yirik muz bo‘laklarini ushlab qoladi. Mayda to‘rli suzgich qo‘shimcha filtrlash uchun — mayda muz, meva bo‘lakchalari va yalpiz qoldiqlarini ajratishda yordam beradi.
Muz qisqichi bilan muzga qo‘l tekkizmasdan ishlash mumkin. Metall trubochkalar ichimlikni ichish uchun, shpilkalar esa meva va boshqa bezaklarni mahkamlash uchun mo‘ljallangan. Trubochkalarni ichidan tozalash uchun alohida cho‘tka mavjud.
TO‘PLAM TARKIBI — JAMI 23 TA BUYUM
• Sheyker — 1 ta.
• Ikki tomonlama jigger — 2 ta.
• Bar qoshig‘i — 1 ta.
• To‘g‘ri metall trubochka — 2 ta.
• Egilgan metall trubochka — 2 ta.
• Tozalash cho‘tkasi — 1 ta.
• Butilka tiqini — 2 ta.
• Quyish uchligi — 2 ta.
• Bezak shpilkasi — 4 ta.
• Shtopor-ochgich — 1 ta.
• Meva va yalpiz ezgichi — 1 ta.
• Muz qisqichi — 1 ta.
• Mayda to‘rli suzgich — 1 ta.
• Prujinali suzgich — 1 ta.
• Ikki qavatli taglik — 1 ta.
TARTIBLI SAQLASH VA CHIROYLI KO‘RINISH
Anjomlar taglikdagi ajratilgan joylarga qo‘yiladi: kerakli buyumni topish osonlashadi va aksessuarlar bir joyda turadi. Kumush rangli metall buyumlar va tabiiy tusdagi taglik oshxona yoki uy barining ko‘rinishini to‘ldiradi.
Kokteyl tayyorlashga qiziqadigan yaqin inson uchun sovg‘a sifatida ham mos. Rasmlardagi ichimliklar, stakan, mevalar va tashqi dekor buyumlari to‘plamga kirmaydi.



