Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun uya-to‘shak to‘plami
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan uya-to‘shak to‘plami uyda va sayohatlarda foydalanish uchun qulay. To‘plam chaqalog‘ingizga yumshoqlik va qulaylik yaratish maqsadida tayyorlangan.
Mahsulotning tashqi va ichki qismlari ham 100% tabiiy paxta matosidan tayyorlangan. Ichki qoplamasi yumshoq, allergiyaga moyilligi past bo‘lgan maxsus hollofayber bilan to‘ldirilgan. Barcha materiallar chaqaloqlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mahsulot sifati va xavfsizligiga alohida e’tibor qaratilgan.
Mahsulot xususiyatlari:
Mahsulot turi: Chaqaloqlar uchun yumshoq uya (gnezdo)
Mo‘ljallangan yosh: Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (0–2 yoshgacha)
To‘plam tarkibi: Gnezdo, matras va 2 dona yostiq 1 ta oddiy 1 ta ortopedik
Tashqi mato: Yuqori sifatli, 100% paxtadan tayyorlangan poplin
Ichki mato: 100% tabiiy paxta
To‘ldiruvchi: Yumshoq, allergiyaga moyilligi past maxsus hollofayber
Yostiq turi: Ortopedik
Jinsi: O‘g‘il va qiz bolalar uchun
Foydalanish joyi: Uyda, beshikda, divanda va sayohatlarda
Matrasni pled (yopinchiq sifatida foydalansa xam bo'ladi !
Maqsadi: Chaqaloq uchun qulay dam olish joyini yaratish
Mavsum: 4 ta faslga mos
Ishlab chiqarilgan davlat: O‘zbekiston
Rangi va dizayni: Tashqi qismi bir xil rangli matodan,estetik geometrik naqshdan tayyorlangan.
Sifat va qulaylik
Kulrang va creem rang o'rtasidagi farq biri pistonlik biri iplik qolgan barcha qismi bir xil !
Mahsulot O‘zbekistonda yuqori sifatli, 100% paxtali matolardan tayyorlanadi. Tashqi va ichki matolari tabiiy paxtadan bo‘lib, yumshoqligi va qulayligi bilan ajralib turadi. Ishlatilgan matolar Yevropa va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlariga eksport qilinadigan matolar qatoriga kiradi.

