• Kamera: Yo'q
• Fonar: Bor
• Moslashuvchan (egiluvchan) korpus
• Xotira kartasi: 32 GB gacha (TF Card)
• Xotira: ROM 32Mb; RAM: 32Mb
• Batareya quvvati: 1050 mAh
• Multimedia: FM radio, Diktafon, Video-player, Audio player
• Internet: Yo'q
• 🕹 2048 o‘yini
Novey 118i Plus — kamerasiz kompakt knopkali telefon-raskladushka (legushka). Egiluvchan 180 darajali korpus (95 × 46,3 × 18 mm) cho'ntakka qulay joylashadi, tashqaridagi LED indikator esa o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroqlar va SMS kelganda miltillaydi — telefonni ochmasdan birovning qo'ng'iroq qilganini darhol bilish mumkin.
Kamera yo'q — faqat qo'ng'iroq va SMS uchun sodda raskladushka xohlaydiganlar uchun ajoyib tanlov: ish uchun ikkinchi telefon, zaxira qurilma yoki safar telefoni, ortiqcha funksiyalarsiz. Suratga olish taqiqlangan ob'ektlar uchun ham qulay.
2 ta SIM-karta qo'llab-quvvatlanishi (GSM 850/900/1800/1900MHz), Bluetooth, SOS tugmasi, qo'ng'iroq yozib olish, vaqtni avtomatik aniqlash, parvoz rejimi va o'rnatilgan 2048 o'yini mavjud. Ekran — 1.77" (128x160). MTK protsessori, suhbatda tiniq va baland ovoz.
Xotira — 32MB RAM/32MB ROM, 32GB gacha xotira kartasi qo'llab-quvvatlanadi. Batareya — 1050 mAh. USB Type-C orqali quvvatlanadi.
Mavjud rang: qora (118i Plus). Kamerali 118 Plus versiyasi qora, qizil va kulrang ranglarda ham mavjud.
O'ram tarkibi: telefon, batareya, USB Type-C quvvatlagich, qo'llanma, kafolat daftarchasi, flayer, kupon.
Rasmiy kafolat — 1 yil.



