Ushbu klassik uslubdagi shim sizga mukammal ishbilarmon va kundalik ko‘rinish yaratishga yordam beradi. Beli qulay bo‘lib, harakatni cheklamaydi. Kun davomida o‘zingizni ishonchli his qilasiz.
Sifatli polyester matosidan tikilgan bo‘lib, shimlar shaklini yaxshi saqlaydi va kun oxirigacha silliq ko‘rinadi. Old tomondagi skladkalar va pastga yengil ingichkalashgan fasoni bilan siluet elegant ko‘rinadi va oyoqlaringizni chiroyli ko‘rsatadi. Zarur kichik buyumlar uchun qulay cho‘ntaklar mavjud va mustaxkam kamari xam bor.
Universal uzunlik - uzun va elegant bo‘lib, poshna bilan ham, sport poyabzali bilan ham mos keladi. Ushbu zamonaviy shimni yosh qizlar ham, kattaroq ayollar ham kiyishi mumkin. Ular “minimalizm”, “ofis”, “casual” uslublariga mukammal mos tushadi va asosiy garderobni to‘ldiradi.
Mavsum: bahor, kuz

