Har bir ayolning garderobidan joy olishi kerak bo‘lgan, ham kundalik, ham rasmiy uslubga mos keluvchi zamonaviy uzun ko‘ylak!
Matosi: Yuqori sifatli, yumshoq va issiq tutuvchi to‘qima trikotaj. Tana bilan nafas oladi va kiyganda o‘ta qulaylik hissini beradi.
Dizayni: Ko‘ylakka o‘zgacha nafislik bag‘ishlovchi oq yoqa va old qismidagi uzun tugmalar qatori siluetni vizual ravishda balandroq va xushqomat ko‘rsatadi. Bel qismidagi matoli belbog‘ esa qomat chiziqlarini chiroyli ajratib turadi.
O‘lchami (Razmeri): Standart (Freesize). Elastik matosi hisobiga turli qomat egalariga chiroyli va mukammal o‘tiradi.
Uzunligi: Maksi (uzun) bichimda bo‘lib, o‘zbekona hayo va zamonaviy urban uslubini o‘zida mujassam etgan.
Nega aynan ushbu libos?
Bu ko‘ylakni ishga, o‘qishga, uchrashuvlarga yoki shunchaki kundalik sayrlarga kiyish mumkin. Ustilarda juda chiroyli va aslzodalardek nafis turadi!

