Kiyim quritgich vertikal — 3 yarusli, g‘ildirakli kir yoygich. Kichik kvartira va balkon uchun qulay: polda kam joy egallaydi, lekin oilaning bir martalik kirini sig‘diradi.
Zanglamas trubalar kiyimga iz qoldirmaydi, plastik ulagichlar esa qanotlarni kerakli holatda mahkam ushlaydi. Ishlatilmayotganda qanotlar yig‘ilib, quritgich ixcham bo‘ladi.
Afzalliklari
• 3 qavat — bir vaqtda ko‘p kiyim quritiladi
• Har bir qavatning yon qanotlari ochiladi — quritish yuzasi kattalashadi
• Yuqoridagi ilgakli planka — kiyimlarni plechikda osish uchun
• Trubalar zanglamaydigan po‘latdan — namlikka chidamli
• Pastki qismida tormozli g‘ildiraklar — xonadan balkonga oson suriladi
• Pastki trubalar — poyabzal yoki tog‘oralar uchun joy
• Qanotlar yig‘ilganda tor bo‘ladi — devor yoni yoki burchakka sig‘adi
Texnik ma’lumotlar
• Trubalar: zanglamaydigan po‘lat
• Ulagichlar: mustahkam plastik
• Qavatlar: 3, g‘ildirakli
• O‘lchami (qanotlar yig‘ilgan) taxminan: 73×64×173 sm
• Ranglari: kulrang, qora, moviy
Qayerda ishlatiladi
• Kvartira, balkon, lodjiya
• Hammom yoki kir yuvish xonasi yonida
• Yotoqxona, bolalar xonasi, dacha
Parvarish
Nam mato bilan arting, abraziv kukun ishlatmang. Qanotlarni yig‘ib saqlang.
To‘plamda
1 ta kiyim quritgich, yig‘ish uchun qismlar.

