• Atlas nusxali villyur ko'ylak lozim
• O'lchami standart
Atlas naqshli zamonaviy ayollar komplekti nafis dizayni va qulayligi bilan ajralib turadi. Yuqori sifatli, yengil va nafas oladigan matodan tikilgan bo‘lib, kun davomida qulaylik beradi. To‘plam ko'ylak lozimdan iborat, erkin bichimi sabab har qanday tana tuzilishiga mos tushadi va harakatni cheklamaydi. Ko‘ylak qismi yumaloq yoqa bilan ishlangan, yeng uchlari va etak qismi mayin bezaklar bilan boyitilgan bo‘lib, obrazga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi. Atlas uslubidagi rang-barang naqsh esa milliylik va zamonaviylikni uyg‘unlashtirib, ko‘zni tortadi. Ushbu komplekt kundalik foydalanish, mehmondorchilik yoki bayram tadbirlari uchun ham juda mos. Oson parvarish qilinadi, ranglari yuvilganda ham o‘z jozibasini saqlab qoladi. Zamonaviy va didli ayollar uchun ideal tanlov. Ko'ylagimiz villyur matosidan iborat bo'lib har qancha yuvilsa ham sifatini yoqotmaydi. Libosimiz ayniqsa kelinlarimizani sarpolari uchun ham judayam mos. Tanlovda adashmang.

