Ko'p funksiyali kiyim javoni — organayzer shkaf
Metall karkas va matoli tortmalardan iborat yengil organayzer. Kirish xonasi, yotoqxona yoki bolalar xonasida kiyim, choyshab va mayda buyumlarni tartibda saqlash uchun.
O'lchamlar va modellar
- Ilgichli model: 100 × 63 × 28 sm
- Ilgichsiz model: 120 × 62 × 29 sm
- Tortmalar: modelga qarab 4 yoki 5 ta
- Karkas: metall quvurlar
- Tortmalar: havo o'tkazuvchi mato
Buyurtma berishdan oldin qaysi model kerakligini sotuvchi chatida aniqlab oling — ilgichli va ilgichsiz variantlar o'lchami bilan farq qiladi.
Yig'ish bo'yicha qo'llanma
- Barcha qismlarni yerga yoyib chiqing va ro'yxat bo'yicha sanang.
- Avval pastki ramkani yig'ing va tekis polda turganiga ishonch hosil qiling.
- Quvurlarni ulashda kuch bilan urmang — plastik ulagichlar shundan yoriladi. Ular oson va zichlik bilan kirishi kerak.
- Yon ustunlarni ikki tomondan navbatma-navbat, bir xil balandlikda kiritib boring.
- Eng oxirida yuqori ramkani mahkamlang — shundan keyingina konstruksiya qattiqlashadi.
- Tortmalarni faqat to'liq yig'ib bo'lgandan keyin joylashtiring.
Ishlatish va parvarish
- Javonni tekis polga qo'ying. Notekis polda karkas qiyshayadi va ulanish joylari bo'shashadi.
- Bir tortmaga faqat yengil narsa soling: kiyim, choyshab, sochiq, mato. Og'ir kitob, idish, asbob solmang.
- Javonni to'la holda surmang — avval tortmalarni bo'shating.
- Devorga tirab qo'ying, xonaning o'rtasida yolg'iz turg'izmang.
- Matoni nam latta bilan arting, mashinada yuvmang.
Buyurtma berishdan oldin bilib qo'ying
- Bu yengil matoli organayzer, yog'och yoki LDSP shkaf emas. Konstruksiyasi yengil bo'lgani uchun i ham past.
- Ilgich qismi faqat yengil kiyim uchun — palto yoki og'ir kurtka osmang.
- Rasmda javon to'liq yig'ilgan va bo'sh holatda ko'rsatilgan; to'ldirilganda mato biroz cho'ziladi.
Yetkazib berishda
Topshirish punktida qutini oching: barcha quvurlar, ulagichlar va tortmalar bor-yo'qligini sanang, singan yoki yorilgan qism yo'qligini tekshiring. Model o'zingiz kutgani ekanini ham o'sha yerda solishtiring. Kamchilik bo'lsa — darhol sotuvchi chatiga yozing, 24 soat ichida hal qilamiz.