Xusnixat — Qur’oni karimni o‘qish va yozishni o‘rganishga tayyorlovchi metodik qo‘llanma bo‘lib, arab yozuvi asosida tuzilgan. Kitobda arab alifbosining harflari tartib bilan joylashtirilgan, har bir harfning ko‘rinishi, yozilishi va talaffuzi alohida misollar bilan tushuntirilgan. Nasx yozuvi asosida tuzilgan sahifalar orqali o‘quvchi yozma savodxonlikka erishadi. Har bir dars 15 daqiqalik bo‘lib, bolalar uchun qulay metodik yondashuv taklif etiladi. Kitob Qur’oni karimni yozib o‘rganish orqali tezroq yodlash va to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Har bir harf ustida yozish mashqlari, o‘qish uchun matnlar va audio qo‘llanmalar mavjud. 📦 Kitob sifati va texnik xususiyatlari - Nashr yuqori poligrafik standartlarga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, o‘quvchiga estetik zavq va maksimal qulaylikni taqdim etadi. - Format: A4 — o‘qish va saqlash uchun qulay - Muqova: Laminatlangan yumshoq — mustahkam, elegant va uzoq muddatli foydalanishga yaroqli - Qog‘oz: Offset — silliq, oq va ko‘zga yoqimli; matn ravshan va o‘qishda charchoq keltirmaydi, yozish paytida qulay va oson, aniqlikni ta’minlaydi - Tipografiya: Professional vёрstka — aniq shriftlar, muvozanatli kompozitsiya va vizual tozalik - Shriftlar: Times, Arial va Palatino Linotype — o‘qish jarayonida estetik zavqni oshiradi - Qo‘shimcha imkoniyatlar: QR-kodli sahifalar orqali audio darslarni tinglash imkoni mavjud

