JOZA5 stellaj-javoni — uyingiz va ofisingiz uchun zamonaviy hamda funksional mebel yechimi!
Ushbu zamonaviy stellaj javon kitoblar, xona oʻsimliklari, ramkalar va dekorativ buyumlarni tartibli joylashtirish uchun juda qulay. Ochiq tokchalarning noodatiy va uslubiy joylashuvi interyerga oʻzgacha shinamlik bagʻishlaydi hamda xonani zonalarga ajratish (peregorodka) uchun ham juda mos keladi.
Nima uchun aynan JOZA5 stellajini tanlash kerak?
- Tayyor holatda yetkaziladi: Boshqa mebellardek soatlab yigʻib oʻtirishingiz shart emas! Stellaj toʻliq yigʻilgan holatda keladi, qadoqdan ochasiz va darhol foydalanasiz.
- Toʻgʻridan-toʻgʻri ishlab chiqaruvchidan: Ortqich ustama narxlarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri mebel fabrikasidan eng hamyonbop narxda xarid qilasiz.
- Sifatli Rossiya LDSP: Mebel ishlab chiqarishda faqat yuqori sifatli va chidamli Rossiya LDSP materialidan foydalanilgan. U deformatsiyaga chidamli va uzoq yillar davomida uz korinishini yo'qotmaydi.
- Keng sigʻim va ixchamlik: 180x80x30 sm oʻlchami tufayli koʻp joy egallamaydi, lekin juda koʻp buyumlarni oʻziga sigʻdiradi.
Xususiyatlari:
- Modellari: JOZA5
- Balandligi: 180 sm
- Kengligi: 80 sm
- Chuqurligi: 30 sm
- Material: Sifatli Rossiya LDSP
- Holati: Toʻliq yigʻilgan (собранный)
Uyingiz interyerini bugunoq yangilang!