K120 Zamonaviy va sig‘imli stellaj-javon — Tartib va qulaylikni qadrlaydiganlar uchun!
Uyingiz yoki ofisingizda tartib o‘rnatish va shinam muhit yaratish uchun ideal yechim. K120 stellaj-javoni kitoblar, jurnallar, hujjatlar, o‘yinchoqlar va dekoratsiyalarni saqlash uchun juda qulay bo‘lib, xona interyeriga zamonaviy uslub bag‘ishlaydi.
Nima uchun aynan ushbu mebelni tanlashingiz kerak?
- To‘liq yig‘ilgan holda yetkaziladi: Tayyor holda keladi — ustaga pul to‘lash yoki o‘zingiz soatlab yig‘ib o‘tirish shart emas. Qutidan olasiz va darhol ishlatasiz!
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan: Ortqacha ustama haqlarsiz va vositachilarsiz eng hamyonbop va sifatli narx.
- Sifatli va xavfsiz material: Premium sifatli Rossiya LDSP materialidan tayyorlangan. Yuzasi tirnalishlarga chidamli va parvarish qilish juda oson.
- Mustahkam va sig‘imli konstruksiya: Turli o‘lchamdagi javonlar tufayli katta kitoblardan tortib kichik bezak buyumlarigacha tartib bilan joylashtirish imkonini beradi.
Texnik xususiyatlari:
- Model: K120
- Kengligi: 120 sm
- Balandligi: 120 sm
- Chuqurligi: 30 sm
- Material: LDSP (Rossiya)
- Holati: To‘liq yig‘ilgan (Полностью собранный)
Sifat, qulaylik va amaliylikni tanlang — xaridingizdan mamnun bo‘ling!