3D printer yordamida tayyorlangan xatcho'p quyidagi afzalliklarga ega:
1. Estetika va o'ziga xoslik
G'ayrioddiy dizayn xatcho'pni jozibali va o'ziga xos qiladi. Bunday aksessuar egasining individualligini ta'kidlaydi yoki ajoyib sovg'a bo'ladi.
2. Сhidamlilik
3D printerda ishlatiladigan materiallar ancha bardoshli.
Xatcho'p g'ijimlanmaydi, osonlikcha buzilmaydi va hatto uzoq vaqt ishlatilsa ham shaklini saqlab qoladi.
3. Foydalanishdagi qulayligi
Yengil material xatcho'pni kundalik foydalanish uchun qulay qiladi.
Yupqa profil sahifalarga zarar bermasdan ko'pgina kitob va bloknotlarga mos keladi.
4. Ekologik jihati
Biologik parchalanadigan materiallar turiga kiruvchi PLA materialidan foydalanilgan. Xatcho'p ekologik jihatdan xavfsiz.
Bunday aksessuar nafaqat o'z vazifasini bajaradi, balki ko'zni quvontiradi va kundalik ishlarga ozgina ijodkorlik qo'shadi.

