Germaniya, 1939-yil. Butun mamlakat hayajon va xavotir ichida nafasini ichiga yutib turibdi. Bir ona kichkina Lizel va uning ukasini Myunxen yaqinidagi shaharchaga, ularni o‘z qaramog‘iga oladigan oila bag‘riga olib ketmoqda. Yo‘l-yo‘lakay O‘lim bolaning jonini olish uchun tashrif buyuradi va ilk bor Lizelga ko‘zi tushadi. O‘limning ishi hech qachon bunchalik ko‘p bo‘lmagan edi. Oldinda esa yana ko‘p voqealar kutib turardi...
«Kitob o‘g‘risi» — bu qizaloq, so‘zlar, akkordeonchi, turli xil fanatik qarashdagi nemislar, yahudiy mushtumzo‘r va ko‘plab o‘g‘riliklar haqidagi hikoyadir. Lizel nafaqat yangi oila, balki chin do‘st ham orttiradi; u ko‘plab sarguzashtlarni boshdan kechirib, so‘zlarning ulkan qudratini hamda kitoblarning ruhni oziqlantirish xususiyatini anglab yetadi.

