BERNO 3 zamonaviy kitob javoni va stellaji — uyingiz, ofisingiz yoki o‘quv xonangizni tartibli va ko‘rkam saqlash uchun ideal yechim. Siz ushbu mebelni vositachilarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan xarid qilasiz.
Asosiy afzalliklari:
- 100% tayyor va yig‘ilgan: Mebel zavodda professional tarzda to‘liq yig‘ilgan holda yetkazib beriladi. Usta chaqirishga yoki yig‘ish uchun vaqt sarflashga hojat yo‘q — qadoqdan ochasiz va darhol foydalanasiz.
- Ishonchli Rossiya LDSP: Mustahkam, tirnalishga va namlikka chidamli 1,6 sm qalinlikdagi sifatli Rossiya LDSP plitasidan ishlab chiqarilgan.
- Qulay va funksional dizayn: Yuqori va o‘rta qismidagi ochiq tokchalar kitoblar, gullar va dekor buyumlari uchun, pastki va o‘ng tarafdagi yopiq eshikli bo‘limlar esa hujjatlar hamda shaxsiy buyumlarni changdan himoya qilib saqlash uchun qulay. Tutqichsiz zamonaviy o‘yiq fasadlar minimalistik ko‘rinish beradi.
- 5 xil zamonaviy rang: Interyeringizga mos rangni tanlang — Oq, Antratsit (to‘q kulrang), Dub Votan (yog‘och rang), Och kulrang va Kashmir (bej).
Texnik xususiyatlari:
- Model: BERNO 3
- O‘lchamlari (B x E x Ch): 180 sm x 60 sm x 25 sm
- Material: Rossiya LDSP
- Holati: To‘liq yig‘ilgan