BORDO43 — Uyingiz va ofisingiz uchun zamonaviy, ixcham va universal shkaf-stellaj!
Ajoyib dizayn va amaliylikni o‘zida jamlagan ushbu mebel xonangizda tartib va shinamlik yaratishga yordam beradi. Tepadagi ochiq javonlar kitoblar, dekorativ buyumlar va rasmlar uchun qulay bo‘lsa, pastki yopiq qismi shaxsiy buyumlarni ko‘zdan yiroq saqlash imkonini beradi.
Nima uchun aynan BORDO43 javonini tanlash kerak?
- Tayyor holatda delivery (100% yig‘ilgan): Mebelni yig‘ish uchun vaqt va kuch sarflamaysiz. Qutidan olasiz va joyiga qo‘yasiz!
- To‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan: Ortqicha ustama narxlarsiz, sifatli va hamyonbop xarid.
- Mustahkam va sifatli material: Rossiya ishlab chiqarishi bo‘lgan sifatli LDSP materialidan tayyorlangan. uzoq yillar davomida ko‘rinishini yo‘qotmaydi.
- Ixcham o‘lchamlar va sig‘im: Bo‘yi 180 sm, eni 40 sm, chuqurligi 25 sm. Kichik xonalarga ham mukammal darajada mos keladi.
- Zamonaviy va minimalistik dizayn: Tutqichlarsiz ochiladigan fasad qismi va har qanday interyerga mos keladigan ranglar assortimenti.
Texnik xususiyatlari:
- Balandligi: 180 sm
- Kengligi: 40 sm
- Chuqurligi: 25 sm
- Material: LDSP (Rossiya)
- Holati: To‘liq yig‘ilgan