Stiven Jobsning mashhur tarjimai holi muallifi Uolter Ayzekson XX asrning eng mashhur olimlaridan biri Albert Eynshteyn haqida kitob yozdi. U nisbiylik nazariyasi muallifining ilmiy konsepsiyalari va kashfiyotlarining mohiyatini nafaqat batafsil va tushunarli tarzda bayon etgan, balki Eynshteyn-inson haqida ham qiziqarli hikoya qilgan. Kitobda ko‘plab hujjatli materiallar - maktublar, xotiralar, kundalik yozuvlar keltirilgan. Ko‘z o‘ngimizda hayratlanarli darajada iste’dodli inson, xayolparast va isyonkor, insonparvar va mutafakkir siymosi gavdalanadi.

