Sevimli krossovka va kedalaringizni kir yuvish mashinasida yuvganda shakli buzilishi, barabanga urilib shovqin solishi yoki poyabzalga shikast yetishidan xavotirdamisiz? Mikrofibradan ishlangan maxsus yumshoq qop-sumka bu muammoni bir zumda hal qiladi!
Maksimal himoya (360°): Zich va yumshoq mikrofibra tolalari yuvish jarayonida poyabzalning barabanga urilishini qaytaradi (amortizatsiya qiladi). Bu ham poyabzalingizni, ham mashinangiz barabanini shikastlanishdan asraydi.
Mukammal tozalash: Mikrofibra strukturasi suv va yuvish vositasining erkin oʻtishiga xalaqit bermaydi. Aksincha, matoning oʻzi ham kirlarni qoʻshimcha ravishda ishqalab, sifatli tozalanishini taʼminlaydi.
Shovqinsiz yuvish: Yuvish va siqish jarayonidagi kuchli gumburlash va shovqinni sezilarli darajada kamaytiradi.
Mustahkam zamok (molniya) fiksatori: Maxsus rezinka fiksator zamokning yuvish jarayonida oʻz-oʻzidan ochilib ketishiga va mashina barabanini tirnashiga yoʻl qoʻymaydi.
Koʻp funksionallik va qulaylik: Faqat yuvish uchun emas, balki sayohat va safarlarda poyabzallarni tartibli saqlash va tashish uchun ham juda qulay.
Xususiyatlari va xarakteristikasi:
Material: Yuqori sifatli gipoallergen mikrofibra va zich toʻrli mato
Oʻlchami: Barcha turdagi kattalar va bolalar poyabzallariga mos keladi
Yopilishi: Himoya fiksatorli mustahkam zamok
Xizmat muddati: Koʻp marotaba ishlatishga moʻljallangan, shaklini yoʻqotmaydi va tez quriydi
Foydalanish boʻyicha tavsiya:
Poyabzaldagi ortiqcha loy va changni artib tashlang.
Poyabzalni qopga solib, zamokni oxirigacha bosing.
Zamok tilchasini maxsus rezinka fiksator ostiga kirgizing.

