Taymer kir mashinaning asosiy jarayonlarini — ishga tushirish, pauza qilish va o‘chirishni avtomatik boshqaradi. Natijada yuvish jarayoni yanada qulay, xavfsiz va samarali bo‘ladi.
Mazkur model universal hisoblanadi va ko‘plab yarim avtomat kir yuvish mashinalariga mos keladi. Jumladan: Artel, Avangard, Ideal va boshqa modellarga o‘rnatish mumkin.
Taymer rele ulanganidan so‘ng belgilangan vaqtni hisoblaydi va shu vaqt davomida kir mashinaning ishlashini boshqaradi. Belgilangan vaqt tugagach, qurilma avtomatik ravishda o‘chadi. Bu esa ortiqcha yuklanishning oldini olib, texnikaning xizmat muddatini uzaytiradi.
O‘rnatishdan oldin mahsulot sizning kir yuvish mashinangizga mos kelishini tekshiring. To‘g‘ri ulash uchun mutaxassis yordamidan foydalanish tavsiya etiladi.
💡 Ushbu taymer — yangi kir mashina sotib olmasdan, mavjud qurilmangizni tiklash uchun eng qulay va tejamkor yechim!

