Bu shlang kir yuvish mashinasiga toza suvni etkazib berish uchun ishlatiladi. To‘liq avtomatik, yuqoridan yuklanadigan kir yuvish mashinalari uchun moslashtirilgan. Odatda shlang ikki uchiga ham mos keladigan universal vintli ulagichlar (гайка) bilan jihozlangan bo‘ladi — suv kraniga va kir yuvish mashinasiga osongina ulanishi mumkin.
Xususiyatlari:
Materiali: Yuqori bosimga chidamli plastik va kauchuk aralashmasi.
Ulagichlari: Metal yoki mustahkam plastik vintli uchlar, suv sizib chiqishini oldini olish uchun rezina prokladkalar bilan jihozlangan.

