LASHEXTASE - VIVIENNE SABÓ tomonidan ishlab chiqarilgan haqiqatan ham ajoyib hajm beruvchi tush. U bilan zavqni taqlid qilishning hojati yo'q, chunki natija shunchalik ta'sirli bo'ladiki, siz uni qayta-qayta boshdan kechirishni istaysiz.

Turli uzunlikdagi juda ko'p ingichka va egiluvchan cho'tkachalarga ega cho'tka ko'p hajmli kirpiklar ta'sirini yaratadi. Yumshoq, elastik to'qima har bir kirpikni o'rab oladi va kun davomida ushlab turadi. Tush bir necha qatlamlarda qo'llanilishi oson, bu esa hech qanday komochkalarsiz ta'sirni kuchaytiradi.

Har safar tushni qo'llaganingizda cho'tka nigohingizni yanada ifodali qiladi va haqiqiy ekstazni keltirib chiqaradi. LASHEXTASE tushi ushlash uchun yoqimli silikon korpusda bo'lib, ko'p multihajm beradi va o'ziga xos zavq bag'ishlaydi.

VOLUME ÉTALON - VIVIENNE SABOdan kirpiklarni misli ko'rinmas qiluvchu va ajratishning ajoyib ta'sirini beruvchi tush. Mazkur tush bilan sizning kirpiklaringiz sizga maksimal zavq bag'ishlashiga amin bo'lishingiz mumkin.

Tushning cho'tkasida sizni lol qoldirish uchun hamma narsa bor: konus shakli, qalin tayoq, egiluvchan tuklar. Tush to'qimasi har bir kirpikni ildizdan uchigacha o'rab oladi va hajmni ta'minlaydi. Mum va qatronlar kompleksi formulasi tush chidamliligini uzaytiradi va kirpiklarni katta, uzun va bo'lingan holda saqlashga imkon beradi.
Oltin qolipdagi VOLUME ÉTALON tushi sizning sevimli tushlar qatoriga kirishi uchun uni bir marta qo'llash kifoya.

GRAND NOIRE - VIVIENNE SABÓ tomonidan juda katta hajm va uzunlik beruvchi namlikka chidamli tush. U bilan sizning kirpiklaringiz shunchalik katta va qora bo'ladiki "VOOOY" diyishiz hech gap emas.

Uning cho'tkasi sizni shakli bilan hayratda qoldiradi va o'ziga xos zavq bag'ishlaydi. Uning uzunchoq, yumaloq uchi bor va hatto eng kichik kirpiklarni ham bo'yaydi, ularni uzun va hajmli qiladi. Uni yuqori va pastki kirpiklarga qo'llash uchun qulaydir. Maskara yumshoq teginish bilan qoplangan korpusga ega, uni qo'lingizda ushlab turish yoqimli.
Namlikka chidamli GRAND NOIRE bilan bo'yanish eng nam sharoitlarga bardosh beradi. Uni yuvish uchun iliq suv etarli va tush kirpiklardan osongina yechiladi

