• O`qish uchun qulay format
• Biologya 832 bet
• Kimyo 620 bet
Mazkur qo'llanma kimyo fanidan maxsus o`quv dasturi asosida yozilgan bo`lib, u umumiy o'ta tailim maktablarida olingan bilimlammi chuquriashtirish va abituriyentlarni oliy oquv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Qo`llanmada kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, kimyoviy elementlar davriy jadvali, uning mohiyati, eritmalar, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari, Koordinatsion birikmalar to`g'risida, shuningdek, anorganik moddalar, ularning olinishi, xossalari, ishlatilishi, kimyoiy ishlab chiqarish texnologiyasi, Respublikamizda kimyo sanoati erishgan yutuqlar, kimyoviy ishlab chiqarishning ekologiyaga ta'siri haqida ma' lumotlar bayon etilgan.
Jumladan, kimyo sanoatida ishlab chiqarilishi yo'lga qo'yilgan ko'pchilik moddalaming olinish texnologiyasi, Respublikamizda mavjud bo'lgan xomashyo turlari va manbalari to'g'risidagi ma'lumotlar, xomashyo va qazilma boyliklarni qayta ishlash va boyitish jarayonlari, ishlab chiqarish qonuniyatlari haqidagi keng ma lumotlar berilgan.
Qo'llanmada har bir mavzuni yoritishda yangiliklar, O'zbekiston kimyo sanoatini rivojlantirish muammolari, o'zbek kimyogar olimlari erishgan yutuqlar to'g'risida ma'lumotlar berilgan. Yuqori molekulyar birikmalar — polimerlar, sun'iy va sintetik tolalar mavzularini yoritishda, fanning so'nggi yutuqlari va shu sohada o'zbek kimyogarlari olib borayotgan ilmiy izlanishlar haqidagi ma'lumotlar o'z aksini topgan. Shu bilan birga, o'z hayotini fanga bag'ishlagan o'zbek kimyogar olimlari haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan.
Qo'llanmadan asosan AL va KHK talabalari, oliy o'quv yurtlariga kirish uchun tayyorlanayotgan abituriyentlar, shuningdek, o'qituvchilar, kimyo faniga qiziquvchi barcha ilm o'rganuvchilar foydalanishlari va o'zlarini qiziqtirgan ma'lumotlarni olishlari mumkin.
Muallif ushbu qo'llamna sifatini yaxshilash boyicha barcha fikr va mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi.
Mazkur o'quy qo'llama oliy o'quy yurtlariga o`qishga kirish uchun tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar, maktab, kollej va litsey talabalari uchun hamda biologiyani mustaqil o'rganuvchilar, • shuningdek, o'qituvchilar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada botanika, zoologiya, odam anatomiyasi, sitologiya, umumiy biologiya bo`yicha mavjud darsliklarda va abituriyentlar uchun chiqarilgan turli qo`llanmalardagi hamda oxirgi yillarda chop etilgan yangi darsliklardagi asosiy ma'lumotlarni to'plab, abituriyentlarga kerakli barcha ma'lumotlarni qamrab olinishi bilan birga, biologiyani o'rganuvchilar uchun qiziqarli bo'lgan bir qancha qo shimcha ma'lumotlar ham berilgan. Qo'llanma biologiyaning asosiy bo'limlarini birlashtirib tuzilganligi bilan abituruyentlarga qulaylik yaratadi va asosiy darsliklardagi ma`lumotlarni umumlashtirish, taqqoslash va xulosa chiqarishda yordam beradi.

