"Kichkintoylar alifbesi + husnixat" — bogʻcha yoshidagi va maktabga tayyorlanayotgan bolajonlar uchun eng qulay va qiziqarli oʻquv-metodik toʻplamdir. Kitob bolalarga arab yoki lotin alifbosi harflarini osongina tanish, toʻgʻri va goʻzal yozishni oʻrgatishda yaqin yordamchi boʻladi.
Kitobning asosiy afzalliklari:
- Ikki barobar foyda: Bir vaqtning oʻzida ham harflarni va soʻzlarni oʻrganish, ham husnixat mashqlarini bajarish imkoniyati.
- Rang-barang va jozibador dizayn: Yorqin rasmlar va qiziqarli topsiriqlar bolaning darsga boʻlgan qiziqishini oshiradi.
- Rivojlantiruvchi mashqlar: Qoʻl mushaklarini yozuvga tayyorlaydi va nozik motorikani rivojlantiradi.
- Sifatli bosma: Bolalar foydalanishi uchun qulay va sifatli qogʻozdan tayyorlangan.
- Ajoyib sovgʻa: Farzandingiz va yaqinlaringizning kichkintoylari uchun eng foydali va quvnoq ta'limiy sovgʻadir.