Nyu-Yorkda onasi bilan yashaydigan Jeymi Konklin shunchaki oddiy o‘smir bo‘lishni istaydi... ammo u g‘ayrioddiy qobiliyatga ega. Onasi bu qobiliyatni boshqalardan sir saqlashni qat’iy talab qiladi.
Jeymi marhumlar bilan gaplasha oladi; bu esa unga o‘liklar bilan birga qabrga ketgan sirlardan voqif bo‘lish imkonini beradi.
Biroq, bu qobiliyatning badali juda og‘ir bo‘lishi mumkin. U buni tez orada o‘z boshidan kechirib bilib oladi: onasining dugonasi — detektiv Liz Datton undan ketma-ket portlashlar sodir etgan jinoyatchining so‘nggi xabarini ochishda yordam so‘raydi. Vaziyat esa o‘ta jiddiy — o‘nlab, hatto yuzlab begunoh insonlarning hayoti xavf ostida qolgan...

