Nyu-Yorkda onasi bilan yashaydigan Jeymi Konklin oddiy o‘smir bo‘lishni istaydi... ammo uning juda g‘ayrioddiy qobiliyati bor. Onasi boshqalardan yashirishni qat’iy talab qiladigan bu qobiliyat.
Jeymi bu dunyoda yo‘q bo‘lgan insonlar bilan gaplasha oladi, demak, u marhum bilan birga qabrga ketgan sirlardan ham xabardor bo‘lishi mumkin.
Ammo bu qobiliyat Jeymiga juda qimmatga tushishi mumkin. U tez orada bunga ishonch hosil qiladi, onasining dugonasi, detektiv Liz Datton undan ketma-ket portlashlar sodir etgan shaxsning so‘nggi xabarini aniqlashda yordam berishini so‘raganda. Xavf ostida esa o‘nlab, yuzlab begunoh insonlar hayoti turibdi...

