Yangi Angliyadagi kichik bir provinsiya shaharchasi bir kechada "o‘lik shahar"ga aylanadi. Ko‘chalar jasadlarga to‘lib-toshadi, uylar ustida esa halokatli alangalar avj oladi. Bu olovli va dahshatli falokat ortida birgina inson — g‘alati fe’l-atvorli beva ayolning ezilgan, qo‘rqoq qizi Kerri turardi. Yillar davomida Kerrida yashirin holatda saqlanib kelgan telekinetik qobiliyat bir kuni to‘satdan uyg‘onadi.
Shunda shaharchaga o‘lim kirib keladi...

