04-model — ochiq yelkali, yengsiz oq kelinlik ko‘ylagi. Ko‘ylakning qomatga mos tushadigan ustki qismi gulli to‘r bilan bezatilgan. Etak beldan pastga qarab kengayib, A-siluet hosil qiladi. Polgacha tushadigan keng etak mayin burmalar bilan yoyiladi.
Orqa qismidagi bog‘ich ustki qismni qomatga moslab tortish imkonini beradi. Model nikoh marosimi, to‘y tantanasi va kelinlik fotosessiyasi uchun mos.

