Turli xil effektlarni yaratish uchun turli xil to'qimalar - mat, porlash va atlas
• Professional va kundalik bo'yanish uchun ideal
• Ranglar quyidagi tavsifda
• Dikalu Ko'z uchun tenlar palitrasi: cheksiz bo'yanish variantlari uchun 12 ta boy ranglar
• Dizayn: sumochkangizda olib yurish uchun qulay
• Chiroyli dizayn va quti, sovg'a uchun mukammal tanlov!
• Yuqori pigmentli ranglar zich rang va chidamlilikni ta'minlaydi
12 ta mat rangdan iborat ushbu palitrani kashf eting — kunlik sodda uslublardan tortib eng dadil va kreaktiv ko'rinishlarigacha ilhom bag'ishlaydi.Har bir rang zamonaviy tendensiyalar va ehtiyojlar inobatga olingan holda ishlab chiqilgan, shunda siz har qanday vazyyatda o'z individualligingiz va go'zalligingizni ta'kidlashingiz mumkin.
Palitraga 12 ta puxta o'ylangan rang jamlangan bo'lib, ular bir-biri bilan mukammal uyg'unlashadi.Bu sizga turli tajribalar qilish, sodda kunduzgi makiyajdan yorqin kechki yoki bayramona qiyofagacha yaratishga imkon beradi.Nyud (natural) ohanglardan tortib boy va chuqur ranglargacha — har bir rangni oson uyg'unlashtirish, ijodkorlikka to'liq erkinlik beradi.
Palitradagi barcha ranglar barqaroq mat formulaga ega, buning natijasida siz quyidagilarga erishasiz:
Yaltirash va perlamutr nashidasining yo'qligi
Foydalanishda katta universallik (smoki-ayz va nyud makiyaji uchun ideal)
Ko'z shaklini to'g'rilash, mayda kamchiliklarni yashirish imkoniyati
Mat tenlar, ayniqsa, ko'z qarashini og'irlashtirmasdan, chuqur va boy ko'rinish yaratish qobiliyati uchun qadrlanadi.
Tenlar muloyim, shirali teksturaga ega bo'lib:
Cho'tkaga oson olinadi
Ko'z qovoqlariga bir tekis taqsimlanadi
Ajoyib tushlanadi, dog' va chiziqlar hosil qilmaydi
Bu makiyaj surish jarayonini yengillashtiradi va hattoki kam tajribaga ega bo'lgan foydalanuvchiga ham oz vaqt ichida ixcham va professionallarcha ko'rinishdagi makiyaj yaratish imkonini beradi.
Tenlarning formulasi uzoqqa cho'ziluvchi mustahkamlikni ta'minlaydi:
Kun davomida to'kilmaydi va rangi xira bo'lib qolmaydi
Yuqori namlik va issiqlikka chidamli
Makiyajni kechgacha yangidek saqlashga yordam beradi
Hayot sur'ati qanchalik yuqori bo'lmasin, makiyajning ifodali ko'rinishini yo'qotishdan xavotir olmasligingiz mumkin.

