Oshxona uchun ko‘p funksiyali metal organayzer va qopqoqlar tagligi
Oshxonangizda tartib va shinamlikni ta'minlovchi zamonaviy hamda ixcham podstavka! Ushbu organayzer pishirish jarayonida eng ko‘p ishlatiladigan oshxona anjomlarini bir joyda qulay saqlash uchun mo‘ljallangan.
Asosiy afzalliklari:
- Ko‘p funksiyali saqlash: Kastrul va tavalarning qopqoqlari, kesish taxtakachlari, kapkir hamda qoshiqlarni bir vaqtning o‘zida joylashtirish mumkin.
- Qulay suv yig‘gich (Podnos): Ostida maxsus olinadigan patnis mavjud bo‘lib, ho‘l qopqoq va qoshiqlardan tomgan suv stol ustiga oqmaydi va uni quruq tutadi.
- Mustahkam material: Sifatli va zanglamaydigan metalldan tayyorlangan, ustki qatlami namlikka chidamli bo'yoq bilan qoplangan.
- Kreativ va chiroyli dizayn: Miki Maus quloqchalari ko‘rinishidagi noodatiy dizayn oshxonangizga o'zgacha ko‘rk bag‘ishlaydi.
Xususiyatlari:
- Material: Metall, plastmassa (patnis)
- Mo‘ljallangan: Qopqoqlar, taxtakachlar, oshxona kapkirlari va qoshiqlari uchun
- O‘lchami: Ixcham va stol ustida kam joy egallaydi