Mahsulot tavsifi
Kashpoda joylashgan sun’iy dekorativ kompozitsiyalar uy, ofis, kafe, salon, mehmonxona va boshqa joylar interyerini bezash uchun mo‘ljallangan. Har bir kompozitsiya turli sun’iy gullar, barglar va dekorativ elementlardan tashkil topgan bo‘lib, realistik va estetik ko‘rinishga ega.
Sun’iy materiallardan tayyorlangani sababli sug‘orish, quyosh nuri yoki maxsus parvarish talab qilmaydi. Mustahkam va zamonaviy dizayndagi kashpolar turli interyer uslublariga mos keladi. Kompozitsiyalar uzoq vaqt davomida rangini va shaklini saqlab qoladi, tozalash esa juda oson.

