KASBLAR OLAMI — bolalar uchun kasblar haqida ertaklar to‘plami (10 ta kitob)
Kichkintoyingiz “Katta bo‘lsam, kim bo‘laman?” deb so‘rayaptimi? “Kasblar olami” turkumi bolani eng kerakli kasblar bilan qiziqarli ertaklar orqali tanishtiradi.
To‘plamga kiruvchi kitoblar:
1. Qani kiyim tikamiz (tikuvchi)
2. Men ham shifokor bo‘lsammikan (shifokor)
3. Diqqat, uchuvchi gapiradi (uchuvchi)
4. Har yerda o‘qituvchi (o‘qituvchi)
5. Onajon, sartarosh nima ish qiladi? (sartarosh)
6. Ehtiyot bo‘ling, haydovchi (haydovchi)
7. Bobom qishlog‘i (dehqon)
8. Birgalikda chizamiz (rassom)
9. Mening dadam advokat (advokat)
10. Qo‘lingiz dard ko‘rmasin (oshpaz)
To‘plamning afzalliklari:
• Har bir kitob alohida kasbga bag‘ishlangan va o‘z rangli muqovasiga ega
• Rangli, yorqin rasmlar bolaning e’tiborini tortadi
• Sodda va tushunarli tilda yozilgan hikoyalar
• Bolada kasblarga qiziqish, mehnatni hurmat qilish va mehnatsevarlikni shakllantiradi
• Nutq, tafakkur va kitob o‘qish ko‘nikmasini rivojlantiradi
• Uyda, bog‘chada va maktabda birga o‘qish uchun mos
Tug‘ilgan kun, bayram va boshqa sovg‘alar uchun ajoyib tanlov. Bir to‘plam bilan bolangizga 10 ta kasb olamini oching!

