• vosk kartrijda
• depilyatsiya uchun mum
• suvda eruvchan vosk
• shugaring kartrij
• depilyatsiya vositalari
• tuklarni yo'qotish
• asal mumi
• aloe vera vosk
• rolikli vosk
Kartrijdagi suvda eruvchan depilyatsiya uchun mum (vosk) Honsung Beauty (150 g) — Aloe Vera va Asal
Uyingizda professional parvarish va ideal silliqlik! Honsung Beauty brendidan kartrijdagi suvda eruvchan mum — bu tabiiy komponentlar asosida yaratilgan innovatsion depilyatsiya (shugaring) vositasidir. U eng kalta tuklarni ham ildizi bilan samarali olib tashlaydi va 4 haftagacha uzoq muddatli natijani ta'minlaydi.
Suvda eruvchan formulasi tufayli, mum qoldiqlari maxsus moylarsiz, oddiy iliq suv bilan oson yuvib tashlanadi!
Mavjud turlari:
🌿 Aloe Vera: Nozik teri uchun ideal tanlov. Terini tinchlantiradi, namlaydi va jonlantiradi, qizarishni oldini oladi.
🍯 Honey (Asal): Muolaja davomida terini yumshatadi va oziqlantiradi, uni ipakdek mayin qiladi. Barcha turdagi teriga mos keladi.
Chocolate
Afzalliklari:
100% Tabiiy tarkib: Asosi — shakar va suv (qulay kartrij formatidagi klassik shugaring formulasi).
Samarali natija: Tuklarni ildizidan yulib, ularning qayta o'sishini sekinlashtiradi.
Qulay va toza: Rolikli kartrij mumni yupqa va tekis qatlamda surtishga yordam beradi. Suvda oson yuviladi!
Xavfsizlik: Mahsulot sertifikatlangan (ISO 9001), nozik teriga mos keladi va tuklarning teri ostiga o'sishi xavfini kamaytiradi.
Qo'llash usuli:
Kartrijni voskoplavda yoki mikrotólqinli pechda teri uchun qulay bólgan suyuq holatgacha qizdiring.
Terini tozalang va quriting, biroz talk (upa) surtish tavsiya etiladi.
Mumni tuklarning o'sish yo'nalishi bóylab yupqa qatlam qilib surting.
Depilyatsiya qog'ozini (poloska) yopishtirib, mahkam bosing va terini tortib turib, tuklarning o'sish yo'nalishiga qarshi tomonga tezlik bilan torting.
Qoldiqlarni iliq suv bilan yuvib tashlang.
Vazni: 150 g
Ishlab chiqaruvchi: Xitoy (Honsung Beauty)

