Hikoya qahramonlari — yosh Karik va Valya sehrli tarzda tabiat va yovvoyi olamning ajoyib bir dunyosiga tushib qolishadi. Shu tariqa sir-sinoat va hayratlanarli kashfiyotlarga boy sarguzasht boshlanadi: bu yerda oddiy o‘t poyalari haqiqiy changalzorga, kichik bir irmoq shiddatli daryoga, hasharotlar esa qonxo‘r maxluqlarga aylanadi. Faqatgina topqirlik, jasorat va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash bolalarga barcha qiyinchilik hamda xavf-xatarlarni yengib o‘tishda yordam beradi...

