Yan Larri (1900-1977) erta yetim qolgan, qarovsiz bola bo‘lgan, Fuqarolar urushida qatnashgan, keyinchalik Leningrad universitetining biologiya fakultetini tamomlagan. Ilmiy fantastika janrida yozishni 20-yillarda boshlagan. U o‘zining eng mashhur asari - "Karik va Valining g‘aroyib sarguzashtlari"ni 1937 yilda S.Marshak topshirig‘i bilan yozgan. Bu Marshak bolalar adabiyotiga iqtidorli "tajribali" kishilarni jalb etayotgan davr edi, Yan Larri ulardan biri bo‘lib chiqdi.
"Karik va Valining g‘aroyib sarguzashtlari" fantastik qissasi hech qachon arxaik tuyulmaydi, chunki unda voqealar hasharotlar yashaydigan ajoyib, xavf-xatar va sirlarga to‘la mamlakatda sodir bo‘ladi. Bosh qahramonlar tasodifan o‘zlarini no‘xatdek kichiklashtirib qo‘yishadi va dahshatli maxluqlar - chivinlar, pashshalar, o‘rgimchaklar, asalarilar orasida qolib ketishadi...
O‘rta maktab yoshi uchun.

