Iqtisodchilar inflyatsiya qat'iy nazorat ostida ekanligini ta'kidlaydilar... ...Holbuki, odamlar narxlarning tinmay oshib borayotganidan boshqa narsani ko‘rmayaptilar. ...Iqtisodchilar biz erkin bozor davrida yashayotganimizni aytadilar... ...Biroq, deyarli barcha mamlakatlarda hukumatlar o‘z budjetlarini qaysidir darajada rejalashtiradilar. ...Iqtisodchilar ta’lim darajasi ish haqi miqdori bilan bevosita bog‘liq ekanligini ta’kidlaydilar... ...Shunga qaramay, yosh olimlar munosib turmush sharoiti izlab, mamlakatdan mamlakatga ko‘chib yurishda davom etmoqdalar. ...Iqtisodchilar ish haqi muntazam oshib borayotgani va turmush darajasi yaxshilanayotganini aytadilar... ...Unda nega minglab odamlar o‘z hayotlari yomonlashib borayotganiga ishonadilar?

