Kamerasiz shinalarni tezkor ta’mirlash to‘plami (Remkomplekt)
Yo‘lda kutilmaganda shina teshilganda g‘ildirakni yechmasdan va ustaxonaga (shinomontajga) bormasdan muammoni bir necha daqiqada hal qilish uchun mo‘ljallangan qulay va ixcham to‘plam. Bagajnikda yoki bardaçhokda deyarli joy egallamaydi.
Qaysi transport vositalariga mos keladi:
- Yengil avtomobillar
- Mototsikllar
- Skuter va mopedlar
- Kamerasiz shinali elektrosamokatlar
Afzalliklari va xususiyatlari:
- Ergonomik T-shaklidagi tutqichlar: Rel’efli dastaklar kaftga qulay o‘rnashadi va qattiq rezina ichiga asbobni ortiqcha qiyinchiliksiz kiritish imkonini beradi.
- Spiralli rashpil: Teshilgan joyni tozalash va jgut o‘rnatishga tayyorlash uchun xizmat qiladi.
- Maxsus igna: Ta’mirlash jgutini teshik ichiga oson va aniq joylashtiradi.
- Ishonchli germetizatsiya: Qayishqoq jgutlar va maxsus yelim-aktivator teshikni havo o‘tkazmaydigan darajada mahkam yopadi.
To‘plam tarkibi (Komplektatsiya):
- Spiralli rashpil (T-tutqichli) — 1 dona
- Jgut o‘rnatish ignasi (T-tutqichli) — 1 dona
- Ta’mirlash jgutlari — 3 dona
- Yelim-aktivator (tyubik) — 1 dona
Eslatma: To‘plam shina protektor qismidagi kichik teshilishlarni tezkor ta’mirlash uchun mo‘ljallangan. Ta’mirlashdan so‘ng g‘ildirak bosimini tekshirish tavsiya etiladi.