Chevrolet Cobalt, Spark, Nexia-3 va Matiz uchun qora g'ildirak kolpaklari — 4 dona to'liq komplekt.
QAYSI O'LCHAMNI TANLASH KERAK
Kolpak o'lchami g'ildirak diskasiga qarab tanlanadi. Shinangiz yon tomonidagi yozuvning oxiriga qarang — u yerda R13, R14 yoki R15 deb turadi. O'sha raqamni tanlang.
Ishonchingiz komil bo'lmasa, berishdan oldin chatdan yozing — mashinangiz modeli va yilini ayting, o'lchamni birga aniqlaymiz.
NEGA AYNAN BU KOLPAK
• Qayishqoq ABS plastmassa — sovuqda yorilmaydi, cho'qurga tushganda sinmaydi.
• Metall qisqichlar — yo'lda tushib qolmaydi, yuvishda ham joyida turadi.
• 5 daqiqada o'zingiz o'rnatasiz, ustaga borish shart emas.
• Bir qutida 4 dona — barcha g'ildiraklarga yetadi.
• 6 oy kafolat.
Eski shtampovka diskalar zanglagan yoki eskirgan bo'lsa, bu kolpaklar mashinaga litoy diska ko'rinishini beradi — va tez tyuning usuli.
O'lchamingizni tanlang va bering.

