Ushbu yorqin va zamonaviy qalamdon maktabdagi o‘qish jarayonida ajoyib hamroh bo‘ladi. Uning keng asosiy bo‘lmasi ruchka, qalam, o‘chirg‘ich, chizg‘ich, marker va boshqa o‘quv qurollarini qulay joylashtirish imkonini beradi. Mustahkam material va sifatli zanjirband (molniya) uning uzoq muddat xizmat qilishini hamda kundalik foydalanishda qulayligini ta’minlaydi .Qalamdon bolalarga albatta manzur bo‘ladigan yoqimli multfilm tasvirlari bilan bezatilgan. U qalamdonga, ryukzakka yoki kalitlar bog‘lamiga taqib qo‘yish mumkin bo‘lgan o‘ziga xos bezakli kulon bilan birga keladi. Yilcham o‘lchami tufayli uni maktab ryukzagi yoki sumkasiga bemalol joylashtirish mumkin.

