Jurnal stoli 2 talik to‘plam — mehmonxona, yotoqxona, ofis va qabul xonasi uchun zamonaviy dumaloq stollar. Kichik stol kattasining ostiga suriladi: kerak bo‘lsa ikkita alohida stol, kerak bo‘lmasa ixcham bitta kompozitsiya.
Xususiyatlari
• Katta stol o‘lchami: 70×70×45 sm
• Stol usti: MDF, marmar naqshli qoplama (qora yoki oq)
• Karkas: mustahkam metall, oltin rangli qoplama
• Dumaloq shakl — burchaksiz, xavfsiz
• Kichik stol katta stol ostiga kiradi — joy tejaydi
• Namlikka chidamli, oson artiladi
Qayerga mos
Mehmonxona, divan yonida, yotoqxonada karavot yonida, ofis va kutish zalida. Choy, kofe, gul, kitob va dekor uchun.
To‘plamda
2 ta jurnal stoli (katta va kichik).

