Juftlik uchun nafis soatlar toʻplami– Muhabbat va uslub uygʻunligi!
Sevikli insoningiz bilan bir xil uslubda boʻlishni va har bir soniyani birga qadrlashni xohlaysizmi? Ushbu Casio juftlik soatlari toʻplami — sevishganlar, er-xotinlar hamda yaqinlar uchun eng nafis va maʼnoli sovgʻadir.
Toʻplam oʻz ichiga bir xil dizayndagi erkaklar va ayollar qoʻl soatini oladi. Hashamdor qora zanglamaydigan poʻlat korpus va zamonaviy siferblat rangi har qanday kiyim uslubiga — xoh klassik, xoh keshual boʻlsin — ideal mos tushadi.
Asosiy afzalliklari:
Mukammal juftlik dizayni: Biri kattaroq (erkaklar uchun), biri nafisroq (ayollar uchun) ishlangan unikal dizayn.
Yuqori aniqlikdagi Kvars mexanizmi: Yaponiya texnologiyasi asosida aniq va uzoq yillar barqaror ishlashni taʼminlaydi.
Kun sanasi koʻrsatkichi: Siferblatda amaliy sana oynasi mavjud.
Sifatli material: Qora zanglamaydigan poʻlatdan yasalgan mustahkam braslet va chizilishga chidamli mineral oyna.
Zamonaviy siferblat ranglari: Toʻplamda quyuq qizil , nafis yashil va klassik qora-kulrang gradiyentli siferblat variantlari mavjud.
Sovgʻabop premium quti: Soatlar maxsus hashamdor qutida taqdim etiladi. Qoʻshimcha oʻrov qidirishga hojat yoʻq!

