

Tovar tavsifi
Beauty of Joseon Relief Sun: Rice + Probiotics SPF50+ PA++++ — Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan zamonaviy quyoshdan himoya qiluvchi yuz kremi bo‘lib, terini UVA va UVB nurlarining zararli ta'siridan himoya qilish bilan birga, uni namlaydi va kundalik parvarish qiladi.
Mahsulot tarkibidagi 30% guruch ekstrakti va don asosidagi probiotiklar terining tabiiy namlik muvozanatini saqlashga yordam beradi, terini yumshoq va silliq qiladi. Krem yengil teksturaga ega bo‘lib, tez so‘riladi, oq qatlam (white cast) qoldirmaydi va terida og‘irlik hissini bermaydi.
Kundalik foydalanish uchun mos bo‘lib, makiyaj ostida ham yaxshi qo‘llaniladi. Oqartirish vazifasini bajarmaydi, balki terini quyosh nurlaridan himoya qilish va namligini saqlashga yordam beradi.

