Yoz fasli o‘nlab yillar, qish esa butun bir umr davom etishi mumkin bo‘lgan yurtda xavf yaqinlashmoqda. Sovuq qaytmoqda; Vinterfellning shimolidagi muzlagan kengliklarda, qirollikni himoya qiluvchi Devor ortida g‘arazli va g‘ayritabiiy kuchlar to‘planmoqda. Ushbu ziddiyat markazida esa Vinterfellning Starklar sulolasi — o‘zlari tug‘ilib o‘sgan yurt kabi qattiqqo‘l va murosasiz oila turibdi.

